Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Makkada Haj ziyorati rasman boshlandi

A A A
Makkada Haj ziyorati rasman boshlandi

Dunyodagi urushlar sabab bu yil Hajga bora olmaganlar ham bor.

Juma kuni dunyoning turli burchaklaridan millionlab musulmonlar Haj amallarini ado etish uchun Islom olamining eng muqaddas joyiga yig‘ilishdi.

Saudiya hukumati bu yil ziyoratchilar soni 2 milliondan oshishini kutgan edi. Ammo joriy yilgi Haj ziyorati G‘azo sektoridagi Falastin-Isroil mojarolari fonida bo‘lib o‘tmoqda.

May oyida Rafah o‘tish joyi yopilgani sababli G‘azodan kelgan falastinliklar bu yil Makkaga Hajga bora olishmagani aytilmoqda.

Falastin ma’muriyatining ma’lum qilishicha, bosib olingan G‘arbiy Sohildan 4200 nafar ziyoratchigina Makkaga yetib kelgan.

Kiritildi: 14:36 16.06.2024. O'qildi: 1257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!