Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Majburiy ijro byurosi xodimlari Buxoroda g‘ayriodatiy jinoyatni fosh etishdi

Majburiy ijro byurosi xodimlari Buxoroda g‘ayriodatiy jinoyatni fosh etishdi

Majburiy ijro byurosi Buxoro tumani bo‘limi xodimlari g‘ayriodatiy jinoyatni fosh etdilar.

Byuro xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan elektr energiyadan foydalanishining qonuniyligi hamda to‘lov intizomiga rioya etilishi yuzasidan tekshirish o‘tkazdi. 

Buxoro tuman “So‘fikorgar” mahallasida yashovchi “Buxoro Neftebaza” MCHJda operator vazifasida ishlovchi Dilshod Rajabovning yashab turgan xonadoni tekshirildi. Xonadonda o‘rnatilgan SE-101 rusumli elektr hisoblagichning ichida masofadan turib boshqarish, ya’ni foydalanilgan elektr energiyasini kamaytirib ko‘rsatish maqsadida pult orqali hisoblagichni o‘chirib yoqish moslamasini o‘rnatilgani aniqlandi. Fuqaro uzoq vaqt mobaynida elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanib kelgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Byuroning Buxoro tumani bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: O‘zA

Kiritildi: 14:55 27.11.2018. O'qildi: 4137 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!