Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Mahmud Murodov navbatdagi jangini Vashingtonda o‘tkazadi

Mahmud Murodov navbatdagi jangini Vashingtonda o‘tkazadi

O‘zbekistonlik MMA jangchisi, ayni paytda UFC promoushenida oktagonga chiqayotgan Mahmud Murodovning navbatdagi jangi AQSh poytaxti Vashington shahrida, UFC Fight Night doirasida o‘tkaziladi. Bu haqda sportchi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Mahmudga bu safar amerikalik Trevor Smit raqiblik qiladi. Ushbu jang 7 dekabr (O‘zbekiston vaqti bilan 8 dekabr) kuni bo‘lib o‘tadi.

29 yoshli Mahmud Murodov shu kunga qadar 29 marta MMA janglarida qatnashgan bo‘lib, shularning 23 tasida g‘alaba qozongan, 6 ta jangida mag‘lub bo‘lgan.

38 yoshli Smit esa 24 ta jangda qatnashgan bo‘lib, shularning 15 tasida g‘olib bo‘lgan, 9 tasida yutqazgan.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov UFC’dagi ilk jangini Kopengagenda o‘tkazib, italiyalik Alessio Di Kirikoni mag‘lubiyatga uchratgandi.

Kiritildi: 13:36 09.11.2019. O'qildi: 1924 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!