Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Mahmud Muradov UFC'da navbatdagi rekordini o‘rnatdi

A A A
Mahmud Muradov UFC'da navbatdagi rekordini o‘rnatdi

U kecha Las-Vegasda o‘tkazilgan UFC Fight Night 235 turnirida oktagonga chiqqan edi.

O‘sha turnirda hamyurtimizga rossiyalik Aliasxab Xizriyev raqiblik qildi.

3 raund etib belgilangan jang ilk raundning 11-soniyasida Muradovning jarohat olishi sabab to‘xtatildi va o‘tkazilmagan deb topildi.

Qizig‘i, hamyurtimiz ishtirokidagi jang UFC tarixida jarohat sababli eng erta yakunlangan jang bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Muradov amerikalik Brayan Barberenaga qarshi jangda o‘rta vazn toifasida bir jangda eng ko‘p teykdaun amalga oshirgan jangchi sifatida tarixga kirgan edi.

Kiritildi: 22:21 05.02.2024. O'qildi: 14439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!