UFC promoushenidagi ilk jangchimiz Mahmud Muradovning 26 fevral kuniga belgilangan jangi bekor qilindi.
Sportchimiz Instagram sahifasi orqali post qoldirib, bunga nima sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
"Assalomu alaykum. Men qayg‘uli xabar bilan bo‘lishmoqchiman, afsuski, mashg‘ulotlarda qo‘limdan jarohat oldim. Muayyan tekshiruvdan so‘ng tiklanish jarayoni qancha davom etishi aniq bo‘ladi. Raqibim, UFC va barcha muxlislarimdan uzr so‘rayman. Men 26 fevral kuni jang qilishni juda xohlagan edim, puxta tayyorgarlik ko‘rdim, afsuski, jarohat ham peshonamizda bor ekan. Bu jang martga ko‘chirilsa xursand bo‘lardim.
Yana bir bor barchadan uzr so‘rayman, bu sport va ba’zi holatlarda biz shunchaki ojizmiz.
In Sha Alloh tiklanib yanada kuchliroq bo‘lib qaytamiz",- deya post qoldirdi Mahmudov.