Bugun 26 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Mahalliy hokimliklar 386 ta hujjatni asossiz yashirgan

Mahalliy hokimliklar 386 ta hujjatni asossiz yashirgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tahlillariga ko‘ra, mahalliy hokimliklar tomonidan “yashirin” yoki “XDFU” grifi bilan qabul qilingan 1 907 ta qaror va farmoyish o‘rganilgan. Shulardan 386 tasi asossiz ravishda ochiqlanmagani aniqlandi.

Yashirilgan hujjatlar orasida:
156 ta — lavozimga tayinlash;
68 ta — tashkiliy tuzilma;
46 ta — mablag‘ ajratish;
34 ta — rag‘batlantirish;
82 ta — boshqa masalalarga oid.

Eng ko‘p qonunbuzilish Farg‘ona, Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida qayd etilgan.

Agentlik tomonidan 68 ta hujjatni ochiqlash va mas’ul xodimlarga chora ko‘rish bo‘yicha hokimliklarga taqdimnomalar kiritildi. Qolgan holatlar bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 20:09. O'qildi: 379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!