Ijtimoiy tarmoqlarda Pastdarg‘om tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Tohir Qosimov «Mening loyiham»ga ovoz berishda mahalla raislariga bosim o‘tkazgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Samarqand viloyat hokimligida bugun o‘tkazilgan yig‘ilishda T.Qosimov ishdan olingani aytildi. Shuningdek, yig‘ilishda barcha rahbarlar qat’iy ogohlantirilib, Prezidentning 2023 yil 10 apreldagi qarori mazmun-mohiyati yana bir bora tushuntirildi.