Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Mag‘lubiyat alami: Real” Xabi Alonsoni iste’foga chiqardi

Mag‘lubiyat alami: Real” Xabi Alonsoni iste’foga chiqardi

Ispaniya superkubogi finalida “Barselona”ga mablug‘ bo‘lgach, Madridning “Real” klubi bosh murabbiy Xabi Alonsoni iste’foga chiqardi.

Bayonotda aytilishicha, tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qilishgan.

“Xabi Alonso har doim “Real” muxlislarining mehri va hurmatiga sazovor bo‘ladi, chunki u klub afsonasi va har doim klubimizning qadriyatlarini namoyon etgan. Madrid doimo uning uyi bo‘lib qoladi.

Klubimiz Xabi Alonso va uning butun murabbiylar jamoasiga bajarilgan ish va fidoyilik uchun minnatdorlik bildiradi hamda ularga hayot va faoliyatlarining yangi bosqichida omad tilaydi”, - deyiladi bayonotda.

Ispaniyalik mutaxassis o‘rnini uning sobiq jamoadoshi "Kastilya" murabbiyi Alvaro Arbeloa egalladi.

Kiritildi: 22:42 12.01.2026. O'qildi: 553 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!