Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Magistraturaga kirish uchun testlar soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi

Magistraturaga kirish uchun testlar soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2-son bayoni bilan Respublika OTMning magistraturasiga kirish imtihonlari bo‘yicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

✅ Magistraturaga o‘qishga kirishda eng ko‘p (maksimal) to‘planishi mumkin bo‘lgan ball – 250 ball. 

🔰 Shundan:

👉 tegishli mutaxassislik fanlari bo‘yicha 2,3 balldan 30 ta test savoli uchun jami 69 ball;

👉 talabgorning ilmiy-pedagogik layoqati (yoki ilm olish qobiliyati)ni aniqlash  bo‘yicha 3,1 balldan 10 test savoli uchun jami 31 ball;

👉 chet tili bo‘yicha 2 balldan 25 ta test savoli uchun jami 50 ball;

👉 bitiruvchining umumiy reytingi yoki o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (diplom bo‘yicha) – 100 ball.
 
⏰ Talabgorga test yechish uchun 130 daqiqa ajratiladi.

Kiritildi: 20:24 13.08.2020. O'qildi: 2929 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!