Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Magistraturaga hujjat topshirganlar test topshirig‘ini kompyuter orqali onlayn tarzda bajaradi

A A A
Magistraturaga hujjat topshirganlar test topshirig‘ini kompyuter orqali onlayn tarzda bajaradi

Magistraturaga hujjat topshirgan abituriyentlar qaysi OTMni tanlaganidan qat’i nazar har bir viloyatda tashkil qilingan maxsus joyda kompyuter orqali onlayn tarzda test topshirig‘ini bajaradi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul xodimi Bahriddin Shayvaliyev javob berdi.

"Yo‘nalishlar bo‘yicha tayanch OTM testni ishlab chiqadi va testlarning maxfiyligi ta’minlanadi. O‘sha yo‘nalish bo‘yicha hujjat topshirgan talabgorlar qaysi oliy ta’lim muassasasini tanlaganidan qat’i nazar bir xil testni ishlaydi. Masalan, pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha turli OTM talabalari uchun testlar bir xil bo‘ladi.

Ko‘pchilik odamlar magistratura imtihonlari onlayn bo‘lishi haqidagi ma’lumotni noto‘g‘ri tushunib, hamma o‘zi xohlagan joyda test sinovlarini bajarishi mumkin, deb o‘yladi. Lekin bunday qilinsa, shaffoflikni ta’minlashning imkoni bo‘lmaydi. Shuning uchun imtihon uchun maxsus joy tashkil qilinadi», dedi u. 

 

Kiritildi: 15:44 12.08.2020. O'qildi: 2491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!