Ijtimoiy tarmoqlarda «Magic City» bog‘ida namoyish etilgan teatrlashtirilgan tomosha videolavhasi tarqaldi. Tomoshada o‘z joniga qasd qilish sahnasi ko‘rsatilgan.
Videoda ko‘rinishicha, rol ijro etuvchilardan biri baland ustunga bo‘ynidan ip bilan bog‘langan holda osilib turgan. U bu orqali o‘z joniga qasd qilish holatini ko‘rsatib bergan. Tomoshada ko‘plab odamlar, xususan, yosh bolalar ham bo‘lgan.
«Magic City» bog‘i rasmiy saytida bu qanday teatr va tomosha ekani haqida biror ma’lumot bermadi.