Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossining aytishicha, tashkilot Erondagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib boradi va radiasiya darajasi bo‘yicha mamlakat rasmiylari bilan aloqada.
Grossining bayonoti tashkilotning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilindi.
"Xalqaro atom energiyasi agentligi Erondagi chuqur tashvishli vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Agentlik Natanzedagi yadro inshooti nishonlar qatorida bo‘lganini tasdiqlashi mumkin. Atom energiyasi bo‘yicha agentlik Eron rasmiylari bilan hozirgi radiasiya darajasi bo‘yicha aloqada. Biz mamlakatdagi inspektorlarimiz bilan ham aloqadamiz", - deyiladi bayonotda.
IRIB davlat teleradiokompaniyasining xabar berishicha, Isroil hujumidan keyin Eronning Natanzedagi eng yirik yadroviy inshootida bir necha portlashlar eshitilgan.