Bugun 13 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

MAGATE va Eron yadroviy inshootlarni kuzatish bo‘yicha kelishuvga erishdi

MAGATE va Eron yadroviy inshootlarni kuzatish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) Eron bilan iyun oyida hujumga uchragan Isfahon, Natanz va Fordo yadroviy ob’ektlarini tekshirish tartib-qoidalarini kelishib oldi.

Bu haqda agentlik bosh direktori Rafael Grossi boshqaruv kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Texnik hujjatda inspeksiyalarni o‘tkazish, bildirishnomalar yuborish va ularni amaliy bajarish tartiblari aniq bayon etilgan bo‘lib, ular TAS (CSA) qoidalariga to‘liq mos keladi. Tekshiruvlar Erondagi barcha yadroviy ob’ektlar va ulardagi yadroviy materiallarga taalluqli, jumladan hujumga uchragan ob’ektlarga ham,” — dedi u.

Grossining ta’kidlashicha, MAGATE Eronning Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma (NPT) a’zosi bo‘lib qolish istagini olqishlaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron qator masalalar yuzasidan xavotir bildirgan va agentlikning vazifasi bu xavotirlarni eshitish hamda ularni hal etish yo‘llarini topishdan iborat.

“Biz Eronning NPTdan chiqmaslik va yadro qurolini tarqatmaslik xalqaro rejimi doirasida ishlashga tayyorligini ko‘rganimiz quvonarli holat. Bu uchun muloqot va vaziyatni chuqur anglash zarur,” — dedi MAGATE rahbari.

Kiritildi: 15:12 10.09.2025. O'qildi: 373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!