Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

MAGATE rahbari: "Eronda yadro quroli yo‘q!"

MAGATE rahbari: "Eronda yadro quroli yo‘q!"

Eron yadro quroliga ega emas.

Bu haqda MAGATE agentligi bosh direktori Rafael Grossi France 2 telekanali efirida ma’lum qilgan.

U Eron yadroviy dasturi bo‘yicha, go‘yoki jangovar harakatlarga sabab bo‘lgan hisobotga izoh berdi.

"Men savollar borligini, oshkoralik zarurligini, bahsli masalalar borligini aytdim, lekin Eronda bir-biridan farq qiluvchi elementlar va materiallar bo‘lsa ham, uni yadroviy qurolga ega deb aytish mumkin emasligini ham aniq aytdim”, dedi agentlik bosh direktori.

Eron ob’ektlariga yaqinda uyushtirilgan hujumlar haqidagi savolga javob berar ekan, Grossi "xalqaro qonunlarga ko‘ra, yadroviy inshootlarga hujum qilish taqiqlanganini" ta’kidladi.

Kiritildi: 08:00 26.06.2025. O'qildi: 881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!