Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

MAGATE bosh direktori Moskva va Kiyevga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda

A A A
MAGATE bosh direktori Moskva va Kiyevga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda

MAGATE bosh direktori Rafael Grossi kelasi haftada Zaporojye atom elektr stansiyasi atrofida xavfsizlik zonasini yaratish harakatlari fonida Moskva va Kiyevga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

“Bosh direktor Grossi imkon qadar tezroq ZNPP atrofida yadroviy xavfsizlik zonasini kelishish va barpo etishga qaratilgan maslahatlashuvlari va boshqa sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda. U kelasi hafta Kiyev va Moskvaga tashrif buyurishi kutilmoqda”, — deyiladi agentlik xabarida.

Avvalroq MAGATE bosh direktori “Rosatom” rahbari Aleksey Lixachev bilan ob’ekt atrofida xavfsizlik zonasini yaratish masalasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazganini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 02:46 02.10.2022. O'qildi: 2951 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!