Venesuela rahbari Nikolas Maduro Buyuk Antifashist Yoshlar Harakati tashkil etilganini e’lon qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda .
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi harakat yoshlar o‘rtasida birdamlikni targ‘ib qiladi va yangi dunyo barpo etadi. «Bugun Venesuelada katta antifashistik talaba yoshlar harakati tug‘ilmoqda», dedi Maduro.
Uning fikriga ko‘ra, yoshlar «Yanki imperiyasi dunyoga yuklamoqchi bo‘lgan» narsani ag‘darishlari kerak. Buning uchun jamiyatning yangi shakllarini yaratish va «o‘z qarshilik strategiyalarimizni» ilgari surish kerak.