Maduro AQShga Venesuelaning ba’zi neft resurslari ustidan nazorat o‘rnatishni taklif qilgan — The New York Times.
Gazeta manbalariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp muzokaralardan bosh tortgan, biroq muhokamalar to‘liq to‘xtatilmagan.
"Venesuela qirg‘oqlari yaqiniga aviatashuvchi kema guruhining joylashtirilishi Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga bosim o‘tkazishning qo‘shimcha vositasi sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Qo‘shma Shtatlarning USS Gerald Ford atom aviatashuvchi yaqin kunlarda Venesuela qirg‘oqlari yaqiniga yetib borishi kutilmoqda", deya yozmoqda The New York Times.