Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Madridda Peru futbolchilari va polisiyachilar o‘rtasida janjal bo‘ldi

Madridda Peru futbolchilari va polisiyachilar o‘rtasida janjal bo‘ldi

Peru milliy jamoasi Marokashga qarshi o‘rtoqlik o‘yini oldidan Madridda muammoga duch keldi.

Bahsga tayyorgarlik ko‘rish o‘rniga Xuan Reynoso shogirdlari tartibsizliklar oqibatlarini bartaraf etishga majbur bo‘lishdi.

Perulik muxlislar ommaviy ravishda milliy jamoa mehmonxonasiga borishdi — futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun ular doim shunday qilishadi.

Mehmonxonani Ispaniya polisiyasi nazorat qilayotgandi. Avvaliga hammasi odatdagidek o‘tdi, biroq bir payt o‘yinchilar chiqib kelishdi: ular muxlislarga minnatdorchilik bildirishga va dastxat berishga qaror qilishdi. Muxlislar to‘planishdi. Perulik muxlis bayrog‘ini ko‘tardi, polisiya xodimi undan bayroqni tushirishni so‘radi, biroq muxlis rad etdi va unga yaqinlashib kelayotgan yarimhimoyachi Yosimar Yotunni kutdi. Polisiyaga bu yoqmadi: avval ular muxlisni hibsga olishni boshlashdi, keyin uning tarafini olmoqchi bo‘lgan Yotunni itarib yuborishdi. Janjalga Peruning qolgan o‘yinchilari va muxlislari ham aralashdi.

Keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, 3 futbolchi polisiya bilan to‘qnash kelgan: Yotundan tashqari hujumchi Aleks Valera va darvozabon Pedro Galyese ham bor edi.

Hisbga olingan o‘yinchilar o‘yingacha qo‘yib yuborildi va ular mag‘ribliklarga qarshi maydonga tushishdi. «Metropolitano»da o‘tgan bellashuv 0:0 hisobi bilan yakunlandi.

Kiritildi: 20:01 29.03.2023. O'qildi: 1741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!