Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Madaniyat vaziri yoshlar bilan uchrashdi

A A A
Madaniyat vaziri yoshlar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv Shayxontohur tumanida bo‘lib, unda “Bog‘ko‘cha” va “Jarariq” mahallasidan jami 25 nafar yosh ishtirok etdi.

Vazir qabulida o‘nga yaqin yoshlar muammolari shu yerning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar alohida nazoratga olinib, bosqichma-bosqich yechim topishi uchun chora-tadbirlar rejasiga asoslangan “Yo‘l xaritasi” tuzildi.

Uchrashuv yakunida vazir, yoshlar bilan muntazam ishlab, kelgusida muammolarni hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatish va ularni qo‘llab-quvvatlashga doim tayyor ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Kiritildi: 13:03 24.04.2024. O'qildi: 2598 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!