Shuningdek, mazkur hujjat orqali O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi to‘g‘risidagi nizom, uning yangi tarkibi qabul qilindi. Qarorga muvofiq, Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi yuridik shaxs hisoblanmaydi va o‘z faoliyatida Agentlikka hisobot beradi. Kengash tarkibi esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Madaniy meros agentligi direktorining o‘rinbosari Tursunali Qo‘ziyevning ma’lum qilishicha, madaniy meros ob’ektlarining tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qiymatiga salbiy ta’sir qilmasligini ta’minlash maqsadida ulardan foydalanish maqsadlari va shartlarini tasdiqlash yoki yetarli darajada asoslantirgan holda tasdiqlashni rad etishga doir masalalar yuzasidan xulosalar berish va boshqalar Kengashning asosiy vazifalaridir.
Mutaxassisga ko‘ra, madaniy meros ob’ektlari, tarixiy obidalar faoliyati yuzasidan ariza beruvchi (yuridik yoki jismoniy shaxs) Agentlikning elektron axborot tizimi orqali murojaat qilishi mumkin.
Ariza beruvchi murojaat qilgan kunning o‘zida ushbu murojaatni ko‘rib chiqish va tegishli xulosa berish uchun Agentlikning byudjetdan tashqari Madaniy meros jamg‘armasiga taqdim etilayotgan loyihadan kelib chiqib BHMning 50 foizidan 20 baravarigacha miqdorlardagi to‘lovni amalga oshiradi.
Kengash tomonidan murojaatlar Ilmiy-maslahat kengashi xulosasi arxiv ma’lumotlari, tarixiy manbalar, ilmiy adabiyotlar, YUNESKO Umumjahon merosi markazining tavsiyalari va Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyasi talablari, an’anaviy me’morchilik maktablari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqiladi.