Parijdagi Luvr muzei YEIga a’zo bo‘lmagan davlatlar, shuningdek, Islandiya, Lixtenshteyn va Norvegiyadan kelgan tashrif buyuruvchilar uchun kirish narxini 32 yevrogacha ko‘tardi.
EI davlatlari va ushbu uch mamlakatdan kelganlar uchun kirish chiptasi esa 22 yevroda qoladi. Gidli guruhli sayohatlar uchun narx 28 yevroga yetkazildi.
Narxlarning oshirilishi orqali muzey yiliga 15–20 million yevro qo‘shimcha daromad olishni rejalashtirmoqda. Bu mablag‘lar tarixiy binoga investisiya va xavfsizlikni kuchaytirishga sarflanadi.
2025 yil 19 oktyabrda Luvrda yuz bergan talonchilikdan so‘ng muzeyda xavfsizlikni yaxshilash zarurati paydo bo‘lgan edi. Ushbu hodisa Appolon galereyasidan qimmatbaho san’at asarlarini 7 daqiqa ichida o‘g‘irlash bilan bog‘liq bo‘lgan.
Ba’zi sayyohlar uchun bu narx farqi adolatsiz tuyulishi mumkin. Masalan, Venesueladan kelgan Anxel Sangronis va Janubiy Koreyadan Xyevon Li bu qarorni tanqid qilgan, ammo boshqa sayyohlar Luvr xavfsizligini ta’minlash muhimligini tushunadi.