Braziliyaning yangi saylangan prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silva armiya podpolkovnigi va sobiq davlat rahbari Jair Bolsonaroning yaqin yordamchisi Mauro Sidni ishdan bo‘shatish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda hukumatning rasmiy nashri xabar berdi.
Bolsonaroning o‘ng qo‘li va uning asosiy maslahatchilaridan biri hisoblangan Mauro Sid Federal polisiya tomonidan sobiq prezident tomonidan tarqatilgan dezinformasiyani tayyorlashda ayblangan.
Braziliya polisiyasi dekabr oyida Bolsonaro 2021 yil oktabr oyida onlayn nutqida COVID-19 vaksinasini OITS bilan yolg‘on bog‘lagan degan xulosaga keldi. Shu bilan birga, u hech qanday dalil keltirmasdan, «ispan grippi» qurbonlarining aksariyati «niqob kiyish natijasida kelib chiqqan pnevmoniya» tufayli vafot etganini aytdi.
Tekshiruv davomida aynan Maura Sid ushbu ma’lumotni to‘plagani aniqlandi, shu sababli u mavjud bo‘lmagan xavf tufayli vahima tarqatish va jinoyat sodir etishga undashda ayblangan.
Lula sobiq prezidentning yana bir yaqin yordamchisi Viyeyra Koeloni ham lavozimidan chetlatdi. Deputat Luis Mirandaning so‘zlariga ko‘ra, Koelo Bolsonaro kabinetining Covaxin vaksinalari atrofidagi korrupsiya sxemasidan xabardor bo‘lgan birinchi a’zosi bo‘lgan. Bolsonaro ma’muriyati bu borada hech qanday chora ko‘rmagan.