Bugun 14 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Lukashenkoning g‘alati bayonoti

Lukashenkoning g‘alati bayonoti

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning ta’kidlashicha, mamlakat atrofida ehtiroslar alangasi tinmayapti, uning suvereniteti kimgadir tinchlik bermayapti.

«Bizning kuchimiz ko‘p marta sinovdan o‘tgan, ozodligimizni tortib olishga urinishdi. Belarus atrofida ehtiroslar alangasi hozirgacha ham tinmaydi. Bizning suverenitetimiz kimgadir tinchlik bermaydi, tarixdan shunchaki yo‘q qilish, o‘chirib tashlash uchun bizga qarshi eng murakkab usullardan foydalanadilar. Atrofimizdagi vaziyat qanday kuchayib borayotganini o‘zingiz ko‘rib turibsiz,» - dedi Lukashenko Vitebsk viloyatining Polotsk shahridagi «Dojinki» qishlog‘i mehnatkashlari festivalida.

Belarusning mamlakatga qarshi barcha fitnalarga javobi iqtisodiyotni mustahkamlash bo‘yicha bunyodkorlik va ishlash bo‘ladi, deya ta’kidladi Lukashenko. «Barcha kirdikorlarga bizning javobimiz - bunyodkorlik. Bizning oldimizda iqtisodiyot turibdi. Qishloq aholisi uchun esa, avvalo, g‘alla ekini. Non hamma vaqt eng qattiq valyuta bo‘lgan,» - dedi Belarus yetakchisi.

Lukashenkoning ta’kidlashicha, prezident sifatida Belarusni erkin, mustaqil va tinch bo‘lishi uchun hamma narsani qilgan va qiladi.

Kiritildi: 00:14 11.11.2024. O'qildi: 2256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!