Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko boshqa davlatlar rahbarlariga o‘zining Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan tez-tez uchrashib turishiga "hasad qilmasdan," aksincha, ularga qo‘shilishni maslahat berdi.
"Tez-tez uchrashib turganligimizga hech kim ajablanmasin, axir biz hech kimdan o‘zimizni chetga olmayapmiz-ku. Biz qabul qilishga tayyormiz... Marhamat, xohlovchilar qo‘shilsin," - dedi Lukashenko.
Belarus rahbari, shuningdek, G‘arb mamlakatlarining postsovet davlatlariga "hasad qilayotganini" ta’kidladi, chunki ularda "g‘olib ajdodlar" mavjud.