Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Lukashenko: G‘arbdagi ekstremistlar Belarusga kirishga tayyorlanmoqda

A A A
Lukashenko: G‘arbdagi ekstremistlar Belarusga kirishga tayyorlanmoqda

G‘arb ekstremistlari 2030-yilgacha Belarusga bostirib kirishga hozirlik ko‘rmoqda.

Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko jurnalistlarga bergan bayonotida aytib o‘tdi, deb yozadi “Report” TASS agentligiga tayanib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Yevropa buning uchun harbiy salohiyatga ega.

Mamlakat rahbari G‘arbdagi ekstremistlar 2030-yilga strategik tayyorgarlik ko‘rayotganini iddao qildi: “Buning uchun tuzilmalar yaratilmoqda va moliyalashtirilmoqda”.

A.Lukashenkoning aytishicha, AQSh va Yevropa Litva va Polshadan har qanday qulay fursatda qo‘shin jo‘natadi, shuning uchun ham NATO kuchlari qayta to‘planmoqda.

Kiritildi: 22:00 26.01.2025. O'qildi: 1417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!