Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Lukashenko: “Belarusga xorijiy ishchi kuchi kerak”

Lukashenko: “Belarusga xorijiy ishchi kuchi kerak”

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda ishchi kuchi yetishmasligiga e’tibor qaratdi va bu muammoni bartaraf etish uchun xorijiy ishchilarni jalb qilish bo‘yicha qaror qabul qilinganini ma’lum qildi.

“Dunyoda bo‘lgani kabi, bizda ham ishchi kuchi yetishmaydi. Xudoga shukur, bu hali halokatli emas. Lekin buning falokatga olib kelishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Shu bois, birinchi navbatda sobiq Ittifoq respublikalaridan ishchi kuchini jalb qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, — dedi Belarus rahbari.

Unga ko‘ra, kadrlar jalb etish jarayonida mahalliy hokimiyat, tuman va korxona rahbarlari manfaatdor bo‘lishi kerak va ishchi tanlashda ular faol ishtirok etishlari talab qilinadi.

“Agar qaysidir sanoat korxonasi, qog‘oz fabrikasi yoki boshqa joyga odam kerak bo‘lsa, uning rahbari boshqa davlatlardan kelgan odamlarni ishga qabul qilsin. Biz hech kimni cheklamaymiz. Ishga oling, ular bilan shartnoma tuzing, ishlang”, — dedi Lukashenko.

Shu bilan birga, prezident ta’kidlashicha, xorijiy ishchilar amaldagi tartiblarni buzsa, ular darhol mamlakatdan chiqarib yuboriladi.

“Ammo bu yerga ishlagani o‘z oilasi, bolalari bilan kelganlar bo‘lsa, biz ularga xuddi o‘zimiznikidek, belaruslardek munosabatda bo‘lishimiz kerak”, — deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.

Kiritildi: 18:37 22.05.2025. O'qildi: 725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!