Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Lukashenko 2025 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etadi

Lukashenko 2025 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etadi

Prezident Aleksandr Lukashenko Belarusda navbatdagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etadi.

Bu haqda Belarus prezidenti intervyu chog‘ida “Rossiya-1” telekanalida efirga uzatiladigan “60 daqiqa” ko‘rsatuvi boshlovchisining savoliga javobida aytdi

“Ha, Olya, men prezidentlik saylovlariga boraman”, – deya javob berdi davlat rahbari jurnalistning savoliga.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Belarus Konstitusiyasi prezident uchun cheklovlarni o‘z ichiga olgan tuzatishlar bilan to‘ldirilgan edi – bir kishi uchun ikki muddat. Prezidentning o‘zi kiritilgan o‘zgarishlardan so‘ng boshqa nomzod bo‘lmasligiga va’da bergan.

Avvalroq Belarus Markaziy saylov komissiyasi prezidentlik saylovlari 2025 yil 26 yanvarga belgilanganini ma’lum qilgandi.

Vakillar palatasi raisi Igor Sergeenkoning ta’kidlashicha, aynan prezidentlik saylovlari "Belarusning kelgusi yillardagi kelajagini va uni yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab beradi". U deputatlarni prezidentlik saylovlari “uyushgan, ochiq, demokratik va xolisona, milliy qonunchilikka qat’iy muvofiq” o‘tishi uchun barcha ishni qilishga chaqirdi.

Kiritildi: 22:37 23.10.2024. O'qildi: 378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!