Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Luis Suares «Liverpul»ni APL chempionligi bilan tabrikladi

Luis Suares «Liverpul»ni APL chempionligi bilan tabrikladi

«Barselona» hujumchisi Luis Suares «Liverpul» klubini Angliya Premyer-ligasidagi chempionlik bilan tabrikladi.

«Jordan va «Liverpul»ning barcha futbolchilari, klubda faoliyat yuritayotgan xodimlar va jamoaning fanatlari uchun qo‘lga kiritilgan chempionlikdan juda ham xursandman. Siz g‘oliblikka munosib edingiz, chempionlik sizga yarashadi. Haqiqiy chempionsizlar!» - deya, Luis Suaresning so‘zlarini keltirmoqda Goal nashri.

Urugvaylik hujumchi 2011-2014 yillar davomida «Liverpul» safida to‘p surib, keyin «Barselona»ga o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, Mersisayd klubi so‘nggi marta 1990 yilda Angliya chempioniga aylangandi. Oradan 30 yil o‘tib, «Liverpul» 19-marta mamlakat chempioniga aylandi.

Kiritildi: 14:15 27.06.2020. O'qildi: 1723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!