Avstraliya telekanali muxbiri Loren Tomasi Los-Anjeles shahar markazidagi norozilik namoyishlari chog‘ida o‘zaro otishmaga uchradi. Bu haqda 9News telekanali matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Muxbir Loren Tomasi Los-Anjeles polisiyasi Los-Anjeles markazida namoyishchilarga rezina o‘qlar bilan o‘t ochganda, o‘zaro otishma ichida qoldi", — deyiladi X ijtimoiy tarmog‘ida.
Qayd etilishicha, muxbir Kaliforniyadagi immigrasiya reydlariga qarshi namoyishlarni yoritgan. O‘qlardan biri Tomasning oyog‘iga tegdi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagon, Adliya vazirligi va Ichki xavfsizlik departamentlariga Los-Anjelesdagi tartibsizliklarni bostirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.