Los-Anjelesdagi 900 ta o‘rta maktabning 30 mingdan ortiq o‘qituvchilari ish tashlashdi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, o‘qituvchilar birlashib, o‘z huquqlarini himoya qilish uchun shahar ko‘chalariga chiqishgan.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘qituvchilar sinflardagi talabalar sonini kamaytirib, oylik maoshni oshirishni talab qilishmoqda.
Qayd etish lozimki, bu yerda o‘qituvchi yiliga o‘rtacha 59 ming dollar maosh oladi.
Ish tashlash muddati qancha davom etishi ma’lum emas.
Xabar berilishicha, hukumat ta’limning ish tashlash sabab to‘xtab qolmasligi uchun bu hududga qo‘shimcha xodimlarni jo‘natgan.