Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Londondagi namoyishlarda 26 nafar polisiyachi jarohat oldi

Londondagi namoyishlarda 26 nafar polisiyachi jarohat oldi

Londondagi miting chog‘ida 26 nafar polisiyachi tan jarohati oldi.

Bu haqda Reuters shahar polisiyasi matbuot xizmati bayonotiga tayanib yozmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlarning to‘rt nafari og‘ir tan jarohati olgan.

"Biz tartibsizliklarga aloqador shaxslarni aniqlayapmiz va ular yaqin kunlar va haftalarda polisiyaning qat’iy harakatlarini kutishlari mumkin", - deya ta’kidladi huquq-tartibot idoralari xodimlari. Hibsga olinganlar soni 25 nafarga yetdi, avvalroq 9 ta holat qayd etilgan edi.

Reuters agentligining qayd etishicha, polisiyachilarni tepishgan, mushtlashgan, shuningdek, ularga shishalar, shamlar va boshqa narsalar uloqtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, shanba kuni London markazida o‘ng qanot "Ingliz mudofaa ligasi” tashkiloti asoschisi, taniqli faol va muhojirlar muxolifi Tommi Robinson tomonidan tashkil etilgan namoyish bo‘lib o‘tgan edi. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, aksiya ishtirokchilari soni allaqachon 110 mingga yetgan.

Kiritildi: 13:30 14.09.2025. O'qildi: 597 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!