Buyuk Britaniya Oliy sudi Xitoyga Londonda ulkan elchixona qurishga ruxsat berilishini qonuniy deb topdi va mahalliy aholining bunga qarshi shikoyatini rad etdi.
Nikkei Asia e’lon qilishicha, elchixona Tauer yaqinidagi ikki asrlik Royal Mint Court hududida quriladi. Mahalliy aholi ushbu bino josuslik yoki dissidentlarni kuzatish uchun ishlatilishi mumkinligidan xavotir bildirgan edi.
Sud qarorida aholi tomonidan inson huquqlari buzilishi ehtimoli bo‘yicha yetarli va ishonchli dalillar taqdim etilmagani qayd etildi.