Britaniya bosh vaziri Kir Starmerning matbuot kotibi Ukrainada ehtimoliy o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar stolida bir nechta taklif mavjudligini ma’lum qildi. Reuters uning so‘zlarini keltirmoqda.
Ushbu bayonot Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy harakatlarni - osmonda, dengizda va energetika infratuzilmasi ob’ektlariga hujumlarni dastlabki "qisman" to‘xtatish g‘oyasini ilgari surgandan so‘ng yangradi.
"Shubhasiz, stolda bir nechta variant mavjud. Men shunchaki bu variantlar haqida izoh berishdan o‘zimni tiymoqchiman," - dedi Starmerning vakili.
Bundan oldin Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Londondagi sammit yakunlari bo‘yicha Ukraina uchun tinchlik rejasini ishlab chiqish va uni Qo‘shma Shtatlarga taqdim etish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qilgandi.
Starmer, shuningdek, Ukrainaga 5 mingta zenit raketalarini xarid qilish uchun 1,6 milliard funt sterling (2 milliard dollar) ajratilishini e’lon qildi.