Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Londonda “Qirollikni birlashtiraylik” nomli migrasiyaga qarshi miting bo‘lib o‘tdi

Londonda “Qirollikni birlashtiraylik” nomli migrasiyaga qarshi miting bo‘lib o‘tdi

Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Gazetaning xabar berishicha, ushbu aksiyada 110 mingdan ortiq odam qatnashdi.

Norozilik aksiyasi noqonuniy muhojirlarning davlat hisobidan mehmonxonalarga joylashtirilishi va musulmon ayol Shabana Mahmudning Ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlanishi ortidan o‘tkazildi.

"Ushbu miting bilan bir vaqtda Londonning shimolida joylashgan Britaniya muzeyi oldidagi maydonda migrantlarni qo‘llab-quvvatlovchi kichikroq yurish ham bo‘lib o‘tdi. Mazkur aksiya ishtirokchilari “Irqchilikka yo‘q”, “Ayollar o‘ta o‘ngchilarga qarshi” va “Migrantlar, xush kelibsiz!” shiorlari bilan chiqishdi", deya yozmoqda The Guardian.

London polisiya shahar ko‘chalarida tartibni saqlash uchun minglab ofiserlarni safarbar qildi.

Kiritildi: 21:38 13.09.2025. O'qildi: 281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!