Buyuk Britaniya hukumati La-Mansh bo‘g‘ozi orqali noqonuniy migrantlarni olib o‘tuvchi jinoiy guruhlarga qarshi kurash uchun polisiyaga «terrorchilikka qarshi vakolatlar» beruvchi yangi qonun loyihasini taqdim etdi, deb yozadi AFP. Ushbu qonun 2025 yil oxirigacha kuchga kirishi rejalashtirilgan.
📌 Yangi qonunga ko‘ra:
🔹 Gumon qilinuvchilarga jinoyat ishi ochilmasidan oldin ham cheklovlar qo‘yilishi mumkin.
🔹 Ularga noutbuk va mobil telefonlardan foydalanish, ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish va moliyaviy mablag‘larni boshqarish taqiqlanishi mumkin.
🔹 Polisiya gumon qilinuvchilarni chegarani kesib o‘tishidan oldin ham hibsga olish huquqiga ega bo‘ladi.
🔹 Noqonuniy migrasiyani tashkil etishga yordam beradigan har qanday ma’lumotni yig‘ish uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi.
2018 yildan boshlab, Buyuk Britaniyaning La-Mansh bo‘g‘ozi orqali noqonuniy migrantlarning to‘lqini keskin oshdi.
🔸 2024 yilda noqonuniy o‘tish 36 816 ta holatda qayd etildi, bu 2023 yilga nisbatan 25% ko‘p.
🔸 Bu mavzu Britaniya siyosatida dolzarb masalaga aylandi va radikal o‘ng partiya Reform UK ning mashhurligi oshishiga turtki berdi.
Yangi qonun migrasiya oqimini cheklash va jinoiy guruhlarning oldini olishga qaratilgan.