Kir Starmerga qarshi Londonda ommaviy miting boshlandi, deb xabar berdi RIA Novosti. Namoyishchilar London markazidagi Rassel maydoni atrofida to‘planib, Kingsvey va yon ko‘chalarni to‘ldirib yuborishdi.
Ishtirokchilar Angliyaning Sent-Djorj xachisi tushirilgan milliy bayroqlar, shuningdek Buyuk Britaniya, Shotlandiya, Uels va Irlandiyaning Yunion Jek bayroqlarini ko‘tarib chiqishdi. Ular Starmer siyosati, so‘z erkinligiga cheklovlar va Britaniya hukumatining migrasiya siyosatiga qarshi shiorlar aytmoqda.
Mitingga o‘ng qanot islomga qarshi faol Tommi Robinson rahbarlik qilmoqda. Jurnalistlar bu norozilik Angliya Kubogi finalidan keyin futbol muxlislari qo‘shilishi mumkinligi sababli yanada kengayishi va Londondagi eng yirik namoyishlardan biriga aylanishi ehtimoli borligini bildirmoqda.