Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

London Ukrainaga ajratiladigan Yevropa Ittifoqi kreditiga qo‘shilmoqchi

London Ukrainaga ajratiladigan Yevropa Ittifoqi kreditiga qo‘shilmoqchi

Buyuk Britaniya Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha YEIning kredit dasturida ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bosh vazir Kir Starmer devonxonasi ma’lum qildi.

Rasmiy bayonot Yerevanda boshlanayotgan Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitida e’lon qilinishi kutilyapti. YEIning 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan 90 milliard yevrolik dasturida Britaniyaning ishtirok etishi Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘lamini sezilarli darajada kengaytiradi.

Shu bilan birga, London shu hafta Rossiya kompaniyalariga qarshi harbiy ta’minot zanjirlarini uzishga qaratilgan navbatdagi "qattiq sanksiyalar" paketini joriy qilishi kutilyapti. Yerevandagi sammitda 48 davlat rahbari, jumladan Volodimir Zelenskiy va NATO bosh kotibi Mark Ryutte ishtirok etmoqda. Kuzatuvchilar Zelenskiyning Armanistonga ilk bor tashrif buyurganiga alohida e’tibor qaratishdi, chunki bu mamlakat hamon Rossiya ishtirokidagi ayrim tuzilmalar, xususan KXSHT a’zosi hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 15:27. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!