Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

London Oliy sudi AQSh hukumati oldiga Wikileaks asoschisi Julian Assanjni ekstradisiya qilish uchun bir qator shartlar qo‘ydi

A A A
London Oliy sudi AQSh hukumati oldiga Wikileaks asoschisi Julian Assanjni ekstradisiya qilish uchun bir qator shartlar qo‘ydi

Bu shartlarni bajarish uchun uch hafta vaqt berilgan va agar Vashington ularni bajarmasa, Assanj ekstradisiya qarori ustidan apellyasiya shikoyati berishi mumkin va u ko‘rib chiqiladi.

Sud Qo‘shma Shtatlardan uch hafta ichida quyidagi kafolatlarni taqdim etishni talab qiladi:

◾️ Assanj so‘z erkinligini kafolatlovchi AQSh Konstitusiyasiga kiritilgan birinchi tuzatishdan foydalanishi mumkin bo‘lishi;

◾️ Avstraliya fuqaroligi AQShdagi sud jarayonida uning manfaatlariga zarar keltirmasligi;

◾️ Agar Assanj aybdor deb topilsa, u o‘limga hukm qilinmasligi kerak.

Agar sud bunday kafolatlarni olmasa, Assanj apellyasiya berishi mumkin. Kafolatlar olinadigan bo‘lsa, unda bu jarayonning oxiri emas, apellyasiya shikoyati bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinishidan oldin tomonlar keyingi talablarni ilgari surishlari mumkin, deyiladi sud tomonidan e’lon qilingan qarorda.

Kiritildi: 11:32 27.03.2024. O'qildi: 871 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!