Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

London markazida minglab kishilar karantin joriy etilishiga qarshi namoyishga chiqdi

London markazida minglab kishilar karantin joriy etilishiga qarshi namoyishga chiqdi

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rt nafar polisiyachi jarohatlangan, 10 kishi hibsga olingan. Shuningdek, to‘qnashuvlarda jabrlangan yana bir necha kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

London markazida Buyuk Britaniyada qaytadan karantin joriy etilishiga qarshi bo‘lgan minglab kishilar norozilik aksiyasi o‘tkazdi. Qatnashchilar tomonidan ijtimoiy masofaga rioya etilmaganligi sababli polisiya aksiyani to‘xtatishga majbur bo‘ldi, bu esa to‘qnashuvlarga olib keldi, deb xabar bermoqda Bi-bi-si.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rt nafar polisiyachi jarohatlangan, 10 kishi hibsga olingan. Shuningdek, to‘qnashuvlarda jabrlangan yana bir necha kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Britaniya OAVning yozishicha, aksiyada 10-15 ming kishi qatnashgan. Aksiya tashkilotlarining ta’kidlashicha, pandemiya xalqning ko‘r-ko‘rona bo‘ysunishini talab qilayotgan hukumatlarning fitnasidir.  .

O‘tgan haftadan Buyuk Britaniyada oltidan ortiq kishining guruh bo‘lib to‘planishi taqiqlangan, ammo ijtimoiy masofa saqlash qoidasiga rioya qilgan holda norozilik namoyishi o‘tkazishga ruxsat berilgan. London markazida to‘planganlar niqob taqmagan va kerakli masofani saqlamagani uchun polisiya aksiyani to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Mamlakatda kuniga 10 mingga yaqin yangi holatlar aniqlanayotgani sababli Britaniya hukumati yangi cheklovlarni joriy etmoqda.

Kiritildi: 22:59 26.09.2020. O'qildi: 1627 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!