Bu qurilmalar dronlarni havo hududidan himoya tizimlari uchun ko‘rinmas qiladi.
Intellektual mulk huquqlarining topshirilishi Ukrainaga ushbu tizimni sanoat miqyosida ishlab chiqarish imkonini beradi, deb yozadi Britaniya OAV bosh vazir Endi Byornhemning bayonotiga tayanib.
"Stone Cloak front chizig‘ida sinovdan o‘tgan Britaniya milliy innovasiyalarining eng yaxshisidir. U ikki mamlakat xavfsizligini ta’minlashda hayotiy muhim rol o‘ynaydi. Buyuk Britaniya Ukraina bilan yelkama-elka turadi va qo‘llab-quvvatlashimiz tebranmasdan qoladi. Rossiya bizning qatiyatimizga shubha qilmasligi kerak va biz Ukraina uchun mustahkam hamda adolatli tinchlikka erishmagunimizcha chekinmaymiz", — dedi Byornhem.
Stone Cloak — hajmi taxminan noutbukdek keladigan, ukrainalik dronlarni Rossiya havo hududidan himoya tizimlari uchun ko‘rinmas qilish imkonini beruvchi qurilmalar. Bundan oldin Buyuk Britaniya Ukrainaga shu kabi minglab tizimlarni topshirgan edi. London Stone Cloak tizimini Britaniyaning yangi uzoq masofaga mo‘ljallangan qurollarida ham qo‘llashni rejalashtirmoqda.