Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Lola Ahmedova singlisi Shahlo Ahmedovaning behayo klipiga qanday munosabat bildirdi? (video)

Lola Ahmedova singlisi Shahlo Ahmedovaning behayo klipiga qanday munosabat bildirdi? (video)

«O‘zbekkonsert» xonanda Shahlo Ahmedovaning «Letniye dojdi» deb nomlangan video klipida «Milliy ma’naviyatimizga yot bo‘lgan, tomoshabinlarning e’tiborini jalb etish uchun xalqimiz mentalitetiga zid, sharqona odob-axloq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlardan ham tap tortmay, yigit va qizning ishqiy kechinmalarini ochiq-oshkora ifoda etib, buni andishasizlarcha tasvirga olib keng ommaga namoyish etgan»i uchun lisenziyasini bekor qilgan edi.

"Daryo.uz"ning yozishicha, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Ahmedova jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida singlisi Shahlo Ahmedovani lisenziyasiz qoldirgan klipiga munosabat bildirdi.

Shahloning bu klipi o‘zbek televideniyesi uchun ishlangan klip emas edi. Xabaringiz bor, biror marotaba o‘zbek telekanallarida bu klip efirga uzatilmadi, faqatgina ijtimoiy tarmoqlarga joylandi va namoyish qilindi. Uni san’atkor sifatida, avvalo opasi sifatida lisenziyasidan mahrum bo‘lishini xohlamayman, har bitta yutug‘ida mening ham mehnatim bor, doim qo‘llab-quvvatlashga harakat qilaman. Shahloning yo‘nalishi mening yo‘nalishimdan tubdan farq qiladi. Format degan gap bor, negadir odamlar format degan so‘zni boshqacha tushunishadi. U o‘zining yo‘nalishida, formatida ijod qiladi, men o‘zimning yo‘nalishimda ijod qilaman. U o‘sha formatga mos ravishda ijod qilishga harakat qilib ko‘rdi, lekin biz bunaqa bo‘ladi, deb kutmagan edik.

Qo‘shiqni eshitganimda, bu qo‘shiq menga juda ham yoqqan edi. Qo‘shiq rus tilida bo‘lganligi uchun, o‘zgacha klip olish kerakligini Shahloga ham aytib o‘tgan edim. Lekin klipning s’yomka jarayonida qatnashmaganman. Klip tayyor bo‘lgach, ‘Opajon, faqat qattiq tanqid qilmaysiz’, deb boshladi, ‘Nimaga bizga to‘g‘ri kelmaydimi’ desam, ‘yo‘q, hech qanaqa qo‘rqinchli joyi yo‘q, faqat Moskvaning formatida suratga oldik’, deya klipni ko‘rsatdi. Tanqidlar ham qildim, urushgan joylarim ham bo‘ldi. ‘Endi opajon sizning yo‘nalishingiz boshqa, meniki boshqa, bu yerda faqat aktrisa sifatida rol ijro etganman, nima yomon joyini ko‘ryapsiz’, dedi. ‘Yomon joyi bu klip bizning o‘zbek mentalitetga to‘g‘ri kelmasligida’, dedim.

Shahloning Moskvada vokal yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishidan xabaringiz bo‘lsa kerak. U yerda Shahloning o‘sha klip bilan bog‘liq, o‘sha klipni boshida turgan rejissyorlar bilan shartnomasi bor. Bilasiz, bizning kliplarimiz u tomonga, ularning qarashlari, formati esa bizga to‘g‘ri kelmaydi. Video klip o‘zbek mentalitetiga to‘g‘ri kelmasligini hisobga olmaganda, ushbu klipning yomon tomonini ko‘rmadim.

Lola Ahmedova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

Kiritildi: 12:36 12.12.2018. O'qildi: 18535 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!