Toshkentning "Lokomotiv" klubi 4 klubdan kompensasiya talab qilyapti.
"Lokomotiv" o‘z vaqtida "temiryo‘lchilar" safida ro‘yxatdan o‘tgan futbolchilar — Jasur Jaloliddinov, Javohir Abdualimov, Jaloliddin Jumaboyev, Nurmuhammad Toshpo‘latov va Anvar Alijonov uchun mashg‘ulot kompensasiyasi talab qilishni boshladi.
“Futbolchilar maqomi va transferi bo‘yicha reglament”da mashg‘ulot kompensasiyasi nima ekanligi va uni hisoblash mexanizmi tushuntirib o‘tilgan. Shu asosda "Lokomotiv" yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilar uchun "Neftchi", "Navbahor", "Mash’al" hamda "Do‘stlik" Toshkent klublaridan reglament asosida pul olishni rejalashtirgan. Bunda nafaqat kompensasiya, balki uni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun penyalar ham inobatga olingan.