Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Lloyd Ostin va Filippin prezidenti mudofaa sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

A A A
Lloyd Ostin va Filippin prezidenti mudofaa sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin va Filippin prezidenti kichik Ferdinand Markos o‘rtasidagi muzokaralar yakunida tomonlar 2014 yilgi kelishuvga muvofiq mudofaa sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.

▪️ Endi AQSh Qurolli Kuchlari Filippindagi avval kelishilgan beshta harbiy bazadan tashqari yana to‘rtta harbiy bazaga kirish imkoniga ega bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, Qo‘shma Shtatlar beshta mavjud ob’ektda infratuzilmani rivojlantirish uchun 82 million dollardan ortiq mablag‘ ajratgan.

▪️ Shunday qilib, Qo‘shma Shtatlar Xitoyning Tayvanga va Janubiy Xitoy dengiziga qarshi har qanday harakatlarining oldini olishni kuchaytirishni maqsad qilgan.

▪️ Mudofaa sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv AQShga Filippin harbiy bazalariga qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazish, jihozlarni joylashtirish va harbiy ob’ektlar, jumladan, havo yo‘llari, yoqilg‘i omborlari, vaqtinchalik yashash uchun kazarmalar qurish uchun kirish huquqini beradi.

▪️ To‘rtta yangi baza qayerda joylashgani ko‘rsatilmagan. Ammo AQSh avvalroq Filippinning Tayvanga eng yaqin qismi bo‘lgan Luzon oroli va Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli Spratli orollari qarshisidagi Palavan orolidagi bazalarga kirishni so‘ragan.

Kiritildi: 18:46 03.02.2023. O'qildi: 1669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!