Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Lloyd Ostin 18 mart kuni Germaniyaga boradi

A A A
Lloyd Ostin 18 mart kuni Germaniyaga boradi

AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin 18 mart kuni Germaniyaga safar uyushtirib, Ukraina bo‘yicha aloqa guruhi majlisida ishtirok etadi. Bu axborotni brifingda Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singx tasdiqladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Uchrashuv AQShning Germaniyadagi Ramshtayn harbiy bazasida bo‘lib o‘tadi.

Sabrina Singx ta’kidlashicha, Ostin 14 mart kuni Latviya mudofaa vaziri Andris Spruds bilan uchrashib, NATOda ikki tomonlama xavfsizlik masalasi hamda Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilgan.

Kiritildi: 22:45 15.03.2024. O'qildi: 902 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!