Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Liverpuldagi avtohalokat oqibatida 45 nafardan ortiq odam jarohat oldi

Liverpuldagi avtohalokat oqibatida 45 nafardan ortiq odam jarohat oldi

27 kishi shifoxonaga yetkazilgan, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir. Yana 20 kishi yengil jarohat oldi.

Britaniyalik shaxsning mikroavtobusni “Liverpul” muxlislari ustiga haydashi oqibatida 45 nafardan ortiq odamni jarohatladi. U mustaqil harakat qilgan, hodisa terakt sifatida baholanmayapti. Bu haqda 27 may, seshanba kuni Associated Press agentligi xabar berdi.

27 kishi shifoxonaga yetkazilgan, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir. Yana 20 kishi yengil tan jarohati olib, voqea joyida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Jabrlanganlar orasida kamida to‘rt nafar bola bor.

Mikroavtobus ostida to‘rt kishi, jumladan bir nafar bola bo‘lgan, qutqaruvchilar ularni olib chiqish uchun transport vositasini ko‘tarishga to‘g‘ri kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 26 may oqshomida Buyuk Britaniyaning Liverpul shahrida Premyer-ligadagi g‘alaba sharafiga o‘tkazilgan parad chog‘ida xuddi shu nom bilan ataladigan “Liverpul” futbol klubi muxlislarini avtomobil bosib ketdi.

Avtohalokat sodir bo‘lgan joyda to‘xtatilgan, mashinani boshqargan erkak huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. U 53 yoshli britaniyalik bo‘lib chiqdi. Polisiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.

Kiritildi: 21:13 27.05.2025. O'qildi: 609 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!