Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Liverpul" yulduzi "Barselona"ga o‘tmoqchi

A A A
"Liverpul" yulduzi "Barselona"ga o‘tmoqchi

"Barselona" tarkibini top hujumchi bilan to‘ldirishi mumkin. Todofichajes xabariga ko‘ra, "Liverpul" hujumchisi Roberto Firmino "ko‘k-anorranglilar"ga o‘z xizmatlarini taklif qilgan.

31 yoshli braziliyalik futbolchi yozda Mersisayd grandini tekinga tark etadi. Shunday qilib, kataloniyaliklar Robertoni tekinga olishlari mumkin.

Firmino “qizillar” safida 2015 yilning yozidan buyon to‘p suradi. Braziliyalik futbolchining transfer narxi 22 million yevroga baholanmoqda.

Hujumchi joriy mavsumda APLda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:18 29.03.2023. O'qildi: 2118 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!