Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Liverpul" YTHda vafot etgan Jotaning raqamini muzlatdi

"Liverpul" YTHda vafot etgan Jotaning raqamini muzlatdi

Angliyaning "Liverpul" klubi rahbariyati hujumchi Diogu Jota o‘ynagan 20-raqamni muomaladan chiqarishga qaror qildi. Bu haqda jamoa rasmiy sayti xabar bermoqda.

"20-raqam Diogu Jotaning "Liverpul"ning 2024/2025 yilgi mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritishdagi xizmatlari uchun abadiylashtiriladi. Uning fint va zarbasi evaziga mersisayd derbisida g‘alaba qozonilgandi," - deyiladi "Liverpul" matbuot xizmati xabarida.

2 aprel kuni "Everton" darvozasiga kiritilgan gol Jota hayotidagi so‘nggisi bo‘ldi. Portugaliyalik 3 iyul kuni ertalab ukasi Andre bilan yo‘l-transport hodisasida halok bo‘ldi. "Liverpul" futbolchisi 28 yoshda edi.

Kiritildi: 09:01 04.07.2025. O'qildi: 915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!