Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

"Liverpul" yangi mavsumdan Adidas bilan hamkorlikni boshlaydi

"Liverpul" yangi mavsumdan Adidas bilan hamkorlikni boshlaydi

Mersisayd klubi ushbu kompaniya bilan hamkorlikdan mo‘maygina pul ishlab oladi.

"Liverpul" klubi Adidas kompaniyasi bilan shartnoma imzolaydi. Nemis kompaniyasi 2025-2026 yildan boshlab ingliz klubining texnik hamkoriga aylanadi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda. Klub va kompaniya taxminan yiliga 60 mln funtlik bitim imzolashadi.

"Liverpul"ning rejasiga ko‘ra bu bitim "Arsenal", "Manchester Siti", "Chelsi" kabi klublarga bu jabhada tenglashib olishga yordam beradi. Yuqorida sanalgan klublar Adidas, Puma va Nike kompaniyalari bilan 60-65 mln funtlik shartnomaga ega.

Ayni damda "Liverpul" klubining texnik hamkori Nike hisoblanadi. Kelishuv shu mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan. "Liverpul" Nike bilan hamkorlikdan yiliga 30 mln funt va klub liboslari sotuvlardan tushgan pulning 20 foiz miqdorida daromad ko‘rmoqda.

Kiritildi: 23:15 23.10.2024. O'qildi: 345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!