«Liverpul» misrlik 32 yoshli vinger Muhammad Saloh va niderlandiyalik 33 yoshli himoyachi Virjil van Deykning kelajagi borasida muzokaralarni davom ettirmoqda, deb xabar qilmoqda The Athletic jurnalisti David Ornshteyn.
Ta’kidlanishicha, «qizillar» lagerida ikkala futbolchining jamoadagi kelajagi borasida optimizm bor. Saloh va van Deyk ham qolishni istaydi.
Ikkala futbolchining ham «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozigacha mo‘ljallangan.