"Liverpul"ning sobiq hujumchisi Endi Kerroll avval zo‘rlamoqchi bo‘lgan ayolni ta’qib qilgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
"Liverpul" va "Nyukasl Yunayted"ning sobiq hujumchisi Endi Kerroll ta’qib qilish tartibini buzgani uchun qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin", - deya xabar beradi gazeta Esseks polisiyasiga tayanib.
Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, ushbu buyruqni buzish jarima yoki besh yilgacha qamoq jazosiga sabab bo‘ladi.
Aprel oyida sobiq hujumchi zo‘rlashga urinishda gumonlanib hibsga olingan edi. Biroq Kerroll 2026 yilning fevraligacha garov evaziga qo‘yib yuborildi.Futbolchi garov shartlarini buzdi va ayolni ta’qib qilishda davom etdi. Sud majlisi 30 dekabrga belgilangan.
Kerroll Angliya terma jamoasi safida to‘qqiz marta maydonga tushib, ikkita gol urgan va Yevro-2012da ham o‘ynagan. "Liverpul" tarkibida futbolchi Angliya liga kubogini qo‘lga kiritgan.